Barcelona jamoasining hujumchisi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Yaqinda klub yarim himoyachisi Frenki de Yong bilan yangi kelishuv imzolagani e’lon qilingan edi. Keyingi navbatda himoyachi Erik Garsiya bilan shartnoma masalasi hal qilinishi kutilmoqda.

Jurnalist Alfredo Martinesning xabar berishicha, Garsiyaning shartnomasi yangilangach, klub Torres bilan kelishuvni uzaytirishga kirishadi. Barcelona jamoasi ispaniyalik hujumchini loyihaning muhim qismi sifatida ko‘radi.

Sport direktori Deku esa kelishuv tafsilotlarini tezda hal qilishga umid qilmoqda. Ferran Torres joriy mavsumda o‘n o‘yinda besh gol urdi va bitta golga uzatma berdi.

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.