Yakshanba kuni Madridning “Real” jamoasi La Liga doirasida “Xetafe”ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi. Marca nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso asosiy tarkibda Jud Bellingemni qaytaradi.

U maydon markazida Arda Gyuler va Orelien Tchuanemiga hamroh bo‘ladi. Himoyada Alvaro Karreras, Eder Militao, Raul Asensio va Federiko Valverde maydonga tushishi kutilmoqda.

Darvozabon sifatida Tibo Kurtua o‘ynaydi. Hujum chizig‘ida esa Vinisius Junior, Kilian Mbappe va Franko Mastantuono maydonga chiqadi.

Agar “Real” “Xetafe”ni mag‘lub etsa, jamoa turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Hozirda Alonso jamoasi 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda va “Barselona”dan bir ochko orqada, biroq o‘yinlari kamroq.