Yangi tayinlangan Madridning «Real» murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya markaziy hujumchisi Gonsalo Garciyaning kelajagi haqida qaror qabul qildi.
Marca gazetasi ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis 22 yoshli futbolchini klubda saqlashga qaror qildi. «Maxsus» hisoblaganidek, hozirgi yoz hujumchi bilan xayrlashish uchun eng qulay vaqt emas.
Gonsalo 2025-yildan beri «qirolicha» klubda to'p surmoqda. Hujumchi va «qaymoqlar» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt portalidagi ekspertlar Garciyaning bozor qiymatini 30 million evro deb baholamoqda.




