La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Barselona» vitse-prezidenti Raffa Yuste tomonidan yozilgan xatga javob berdi. Avvalroq u Ispaniya futbol organlaridan Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresga Ngreyraga oid bayonotlari uchun chora ko‘rishni talab qilgandi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Tebas Kataloniya klubining xavotirlarini qo‘llab-quvvatladi va rahbarlarning jamoatchilik oldida, ishtirok etayotgan musobaqalarning halolligini va hakamlar ishini shubha ostiga qo‘yadigan bayonotlari dalilsiz ravishda qabul qilinmasligini ta’kidladi.

La Liga rahbari Madrid klubiga qarshi allaqachon chora ko‘rganini eslatdi. Avvalroq Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasining intizomiy organlariga shikoyatlar berilgan va «Real»ga nisbatan da’volarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qarorlarga e’tiroz bildirilgan. Bundan tashqari, La Liga Madridning tanqidlari ortidan Ispaniya hakamlik tizimini himoya qildi.

Tebas La Liga Ngreyraga oid ish bo‘yicha sud jarayonida ishtirok etishda davom etishini va Ispaniya chempionatining obro‘siga zarar yetkazadigan har qanday harakatlarga javob berishini ta’kidladi.