37 yoshli polyak hujumchi Robert Levandovski «Barselona»ni 2025/26 mavsumidan so'ng tark etdi.
The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, «Barselona» rahbariyati Levandovskini qo'yib yuborish qaroridan afsuslana boshladi. May oyida klub yangi markaziy hujumchini osonlik bilan qo'lga kiritishiga ishonch hosil qilgan edi, ammo Julian Alvarez va Joao Pedroni olish yo'lidagi urinishlari kutilganidan ancha qiyin bo'lib chiqdi.
Levandovski «Barselona»da 2022 yildan 2026 yilgacha o'ynadi. Bu vaqt ichida hujumchi 193 o'yinda 120 gol urdi va 24 golli uzatma berdi.
Levandovskining MSLda karerasini davom ettirishi kutilmoqda. Polyakni «Chikago Fayr» qo'lga kiritmoqchi.




