«Barselona» futbolchisi Erik Garsiya jamoaning yangi o'yinchisi Entoni Gordon haqida fikrlarini bildirdi.

«Ko'k-qizil» jamoasi ingliz o'yinchisini «Nyukasl»dan sotib oldi. Transfer haqida ma'lumot may oyining oxirida e'lon qilindi.

«Gordon – juda tezkor o'yinchi, u to'xtovsiz pressing o'rnatish qobiliyatiga ega. O'ylaymanki, u o'zining sifatlari bilan bizda allaqachon mavjud bo'lganlardan farq qiladi: jamoada Yamal va Rafinya kabi bir-biriga qarshi o'ynashga ixtisoslashgan qanot o'yinchilari bor, ammo Gordon bo'shliqlarda jazolashga ko'proq moyil. Bunday qobiliyat bizga juda foydali bo'lishi mumkin. Pressingdagi ishchanligi ham muhim. Buni biz bu yil «Nyukasl»ga qarshi o'ynaganimizda yaxshi ko'rdik», – deydi Garsiya Mundo Deportivo nashriga.

Entoni Gordonni sotib olish «Barselona»ga 80 million evroga tushdi.