«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Argentinalik futbolchi uzoq vaqt davomida Kataloniya klubiga o'tishi bilan bog'liq. O'zi bu transferga rozi bo'lishi mumkin, lekin «matraschilar» uni qo'yib yuborishga tayyor emas.
«Xulian Alvares haqida faqat bitta narsa aytishim mumkin – u juda yaxshi futbolchi, va bu isbotlangan. Lekin uning kelajagi haqida chuqurroq gapirmoqchi emasman, chunki o'zim ham nima bo'lishini bilmayman», – dedi Garsiya Mundo Deportivo bilan bo'lgan intervyusida.
Ma'lumotlarga ko'ra, «Atletiko» Alvaresni «Barselona»ga 100 million evro evaziga sotishdan bosh tortgan.




