Madridning «Real» forvardi Gonsalo Garciya kelgusi oylarda klubini o'zgartirishi mumkin.

Qator manbalarga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga talab katta, ammo «sli-vichniylar» uning sotilishidan katta mablag' olishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Xorxe Pikona ma'lumotlariga ko'ra, hozirda La Ligadagi boshqa bir jamoa – «Real Sosi-dad» ushbu istiqbolli forvard uchun raqobatni boshqarib bormoqda.

Transfermarkt portali Gonsalo Garciyaning narxini 30 million evro deb baholamoqda. O'tgan mavsumda, zaxira o'yinchisi sifatida, ispan futbolchisi Madrid jamoasi safida 39 uchrashuvda sakkiz gol urdi va uch assist berdi.