«Rayo Valyekano» rasmiy ravishda Benyat San-Xose Xilyani asosiy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini e'lon qildi.
Benyat - bir necha mamlakatlarda faoliyat yuritgan tajribali mutaxassis. U murabbiylik karerasini «Real Sosiadad»ning yoshlar jamoasida boshlagan, so'ngra Saudiya Arabistoni, Chili, Boliviya, BAA, Belgiya va Meksikada ishlagan.
Uning asosiy yutuqlari qatoriga 2018 yilda «Universidad Katolika» klubi bilan Chili chempioni bo'lishi, boliviyalik «Bolivar» bilan bir necha chempionlik unvonlari va Kopa Libertadoresning chorak finaliga chiqishi kiradi.
2025 yil fevralidan beri Benyat San-Xose «Eibar»ni boshqargan bo'lib, jamoa bilan 60 ta o'yin o‘tkazgan.
O'tgan mavsumda «Rayo Valyekano» La Ligada sakkizinchi o'rin oldi va Konferensiya Ligasi finaliga chiqdi. Oldingi murabbiy Inyigo Peres jamoani o'z ixtiyori bilan tark etdi.




