«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Frenki de Yongning «Atletiko»ga qarshi (2:1) o'yindagi chiqishi haqida fikr bildirdi.

Gollandiyalik yarim himoyachi ikkinchi taymning boshida o'z o'rnini o'zgartirib, o'ng himoyaga tushdi.

«Biz bu imkoniyatni Frenki bilan o‘tgan o‘yindan oldin muhokama qilgan edik. Uning javobi oddiy edi: «Agar jamoaga kerak bo'lsa, yordam berishga tayyorman». G'oya shundan iborat edi, u o'ng himoyada o'ynaydi, keyin esa Bernal charchaganda yarim himoyaga o'tadi. Menimcha, to'g'ri qaror qabul qildik. Hammasi reja bo'yicha o'tdi», – deydi Flik The Touchline'ga bergan intervyusida.

«Matraschilar» ustidan Kataloniyalik ulkan g'alabani Fermin Lopesning ikki goliga bag'ishlandi.