Vinisus Juniyor va "Real" klubi o‘rtasidagi shartnoma yangilanishi bo‘yicha muzokaralar kechikmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi klub bilan suhbat davomida ikki talabni ilgari surgan. Shu bilan birga, Defensa Central nashri ta’kidlaganidek, "Real" va Vinisusning pozitsiyalari o‘zaro mos keladi, ular hamkorlikni davom ettirishni xohlamoqda.
Vinisus o‘zidan yaxshiroq klub topolmasligini tushunadi, hatto boshqa joyda maoshi yuqori taklif qilinsa ham. "Real" rahbariyati esa Vinisus darajasidagi futbolchini almashtirish deyarli imkonsiz ekanini anglaydi.
Vinisus Juniorning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Muzokaralar davom etmoqda va tomonlar kelishuvga erishishga intilmoqda.
Bu jarayonning yakuni klub va futbolchi uchun muhim ahamiyatga ega.