Nemis markaziy himoyachisi Antonio Ryufiger Madridning «Real» klubida qolmoqda.

«Slivochnie» klubining matbuot xizmati 33 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirgani haqida rasmiy e'lon qildi. Yangi shartnoma 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ryufiger 2022 yildan beri «Real» safida to'p surmoqda. O'tgan klub mavsumida u barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Hozirda Ryufiger 2026 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi safida o'ynayapti. Birinchi turda Kyurosoga qarshi o'yinda (7:1) u zaxiradan maydonga tushib, 17 daqiqa o'ynadi.