19-yoshli «Barselona» qanot o'yinchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatidagi «Atletiko» Madridga qarshi o'yinda jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Ferran Martines xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, Yamal o'ng tizzasida noqulaylik his qilmoqda, shuning uchun Ispaniya terma jamoasining Chexiya bilan bo'ladigan Ligalar Ligasidagi o'yinini o'tkazib yuboradi. Biroq, o'yinchi inglizlarga qarshi keyingi uchrashuvga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Ispaniya La Ligasi 12-turida «Barselona» mehmonlikda «Atletiko»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Yamal 90 daqiqa o'ynab, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chexiya va Ispaniya o'rtasidagi Ligalar Ligasining beshinchi turidagi uchrashuv 12-noyabrda bo'lib o'tadi. Luis de la Fuente jamoasi 15-noyabrda Angliya terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.