Rafael Benites Madridning "Real" jamoasida qisqa muddat ishlagan davrini esladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Ispaniyalik mutaxassis 2015 yil yozida jamoa boshqaruviga kelgan, ammo 2016 yil yanvar oyining boshida ishdan bo‘shatilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Real" o‘sha davrda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan va ko‘p gol urgan.

Jamoaga yetarli vaqt berilmagan, garchi ular "Barselona"dan atigi besh ochko orqada qolgan bo‘lsa-da, raqobatlashishga imkonlari bo‘lgan. Ayniqsa, jarohatdan keyin Karim Benzema qaytishi jamoaning imkoniyatlarini oshirgan.

Rafael Benites 2024 yil mart oyida "Selta"dan ketganidan beri yangi jamoada ishlamayapti. Hozirda uning Angliyaning "Nottingem Forest" klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Bu mutaxassisning kelajakdagi faoliyati haqida aniq ma’lumotlar hali mavjud emas.