«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Madridning «Atletiko» jamoasi forvardi Julian Alvares haqida fikr bildirdi.

- Men uchun Alvares - ajoyib futbolchi, lekin u «Atletiko»da o'ynaydi, men esa o'z jamoamga e'tibor qaratishim kerak, - dedi Flik matbuot anjumanida. 

O'tgan yozda argentinalik futbolchi kataloniyaliklar uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lgan: klub rahbariyati uning transferini amalga oshirish uchun faol harakat qilgan va Madridga 100 million evro taklif yuborgan. Ammo «Atletiko» forvardni qo'yib yuborishdan bosh tortdi.

«Atletiko» - «Barselona» o'yini 8-noyabrda La Liganing 12-turida bo'lib o'tadi. O'yin boshlanishi 23:00 msk ga rejalashtirilgan.