«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klubning Rafinyo Dias bilan shartnomani uzaytirish qarorini sharhladi.
- Bu klub uchun ham, Rafinyo uchun ham eng yaxshi variant. Men bu qarordan juda mamnunman. U fantastik o'yinchi va bizning kapitanimiz, - dedi Flik «Atletiko» bilan o'yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«Barselona» yangi shartnoma haqida 5-noyabrda e'lon qildi. Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha amal qiladi. Oldingi shartnoma 2028-yilgacha davom etardi. Rafinyo «Barselona»da 2022-yil yozidan beri o'ynaydi, u «Lids» klubidan kelgan.
Ertaga «Barselona» mehmon sifatida «Atletiko»ga qarshi o'ynaydi. O'yin boshlanishi - 23:00 MSk.
