Xavbek Fermin Lopes «Barselona»dagi jamoa do'sti Dani O'lmo bilan asosiy tarkibda o'rin uchun raqobati haqida savolga javob berdi.
«Bu juda yaxshi raqobat, chunki O'lmo ajoyib o'yinchi. Har birimiz o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishga va maksimal darajada o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Lekin maydondan tashqarida bizda ajoyib munosabatlar bor. Bizda sog'lom raqobat mavjud», - deydi yarim himoyachi Mundo Deportivo'ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Fermin Kataloniyaning barcha turnirlarida 14 uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Keyingi Ispaniya chempionati turida «Barselona» «Atletiko»ga qarshi safarda o'ynaydi.
