«Real» rasmiy bayonot bilan afsonaviy tennischi Rafael Nadaldan direktorlar kengashiga tayinlanganini ma'lum qildi.
Biroq, rahbariyatning qarorini klub vakillari umumiy yig'ilishida tasdiqlash kerak.
- «Real» va barcha madridliklar uchun bunday sport va insoniy ulkanlikka ega bo'lgan shaxsning direktorlar kengashiga qo'shilishi va klubning hozirgi va kelajakdagi rivojiga hissa qo'shishi katta sharaf, - deyiladi «Real»ning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.
11 turdan so'ng, «Real» 27 ochko bilan uchinchi o'rinda, yetakchi «Barselona»dan uch ochkoga ortda qolmoqda. Madridliklar Ispaniya chempionatidagi navbatdagi o'yinini 7-noyabrda «Valensiya»ga qarshi o'tkazadilar.
