«Barselona» himoyachi Alejandro Balde bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda MundoDeportivo xabar bermoqda.

Ammo manba ta'kidlaydiki, kataloniyaliklar yanvarda Baldeni ijaraga berishni rejalashtirmayapti. Klub to'liq transferga umid qilmoqda. Chunki qishki transfer oynasida «Barselona» himoya markazini kuchaytirishni xohlaydi va Balde sotilishi orqali mablag' to'plashni rejalashtirmoqda. Yosh ispaniyaga «Benfika» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Hozirgi mavsumda 23 yoshli Balde barcha musobaqalarda faqat to'rt o'yinda maydonga tushdi, ammo gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali himoyachini 40 million evroga baholamoqda.