Oʻyinchi «Barselona»dan Fermin Lopes «Alaves»ga qarshi 6:1 hisobidagi g'alabadan so'ng intervyu berdi.

23 yoshli ispaniyalik o'z hisobiga bir gol va ikki assist yozdirib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi mukofotini qo'lga kiritdi.

«Biz bilardik, oson bo'lmaydi, lekin ajoyib o'ynadik. Qiyin haftadan keyin [«Real» va «PSJ»dan olingan mag'lubiyatlar] o'zimizni tiklashimiz kerak edi. «Kamp Nou» tomoshabinlariga qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat. Biz g'alabali yo'lga qaytamiz.

Biz bilamizki, muxlislarimiz xafa bo'lishdi, biz ham. Lekin mukofotlar may oyida qo'lga kiritiladi. Biz albatta muhim mukofotlarni qo'lga kiritamiz», – deydi Fermin The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida 30 ochko bilan birinchi o'rinda, Madridning «Atletiko» (28) va «Real» (24, o'yin ortda) jamoalaridan oldinda turibdi.