«Barselona» jamoasining bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasi bilan 100 g'alabaga erishdi.

Nemis mutaxassis boshqaruvida «ko'k-qizillar» o'z maydonida Alavesni 6:1 hisobida mag'lub etib, 100-g'alabasini qo'lga kiritdi.

«Bu mening 100-g'alabam ekanligini bilardim, lekin ikki mag'lubiyatdan so'ng jamoa haqida o'ylash muhimroq edi.

Ushbu 100 g'alabaning ko'pchilik xotiramda, lekin eng yaxshisi - birinchi «el klasiko»ni 4:0 hisobida «Bernabeu»da yutganimizdir. Bu ajoyib edi. O'sha xotiralar har doim menga ijobiy his-tuyg'ularni keltiradi», - deydi Flik, u 2024 yilda o'z lavozimiga tayinlangan.

100 g'alabaga erishish uchun murabbiyga atigi 131 o'yin kerak bo'ldi - bu klub tarixidagi ikkinchi natija.