Kataloniyaning «Barselona» jamoasi Ispaniya chempionatining navbatdagi, o'n birinchi turida «Alaves»ni 6:1 hisobida mag'lub etdi. Nemis mutaxassisi Xansi Flik nafaqat klub boshqaruvidagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi, balki klub tarixida g'alabalar foizi bo'yicha eng muvaffaqiyatli murabbiylar ro'yxatini ham boshqardi. 

Xansi Flik «Barselona» boshqaruvida 76,33 foiz o'yinlarni g'alaba bilan yakunladi, ikkinchi o'rinda turgan Luis Enrike esa «Barsada» 76,24 foiz o'yinlarni yutgan. 

Uchinchi o'rinda Ralf Kirbi - 76,19 foiz g'alabalar bilan, lekin uning boshqaruvida klubda juda ko'p o'yin o'tkazilmagan - atigi 21. To'rtinchi o'rinda Xosep Gvardiola - 72,47%. Beshlikni Tito Vilanova - 71,66% bilan yakunlaydi.