«Oltin to'p» mukofotining egasi Garry Keyn bo'ldi. Lamin Yamal ham ushbu mukofotga da'vogarlik qilgan edi, ammo ovoz berish natijalariga ko'ra, ispan futbolchisi uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.

The Touchline nashrining hisobotiga ko'ra, Yamal marosimdan oldin «Oltin to'p»ni Garry Keyn yutishini his qilgan. «Barselona» futbolchisi Londonda «Bavariya»ning katta delegatsiyasini ko'rganidan so'ng bunday fikrga kelgan.

Shuni ta'kidlash joizki, so'nggi yillarda «Oltin to'p» uchun ovoz berish natijalari oxirigacha sir saqlanadi. Garry Keyn o'z g'alabasini Ronalduning sahnada e'lon qilgan paytida bilib olgan.