«Barselona» mavsumni 11 g‘alaba bilan boshladi, ammo keyin «PSJ»ga (2:4) Chempionlar ligasida va «Real»ga (1:2) Ispaniya chempionatida mag‘lub bo‘ldi. Albatta, bu natijalar futbolchilar va muxlislarni xafa qildi.

Barca Universalning xabar berishicha, «Barselona» kapitanlarining bir guruhi chorshanba kuni butun jamoa uchun barbekyu tashkil etdi. Futbolchilar klub bazasida go‘sht qovurishadi. Ushbu tadbirning maqsadi, ketma-ket ikki kutilmagan natijadan so‘ng jamoani birlashtirishdir.

Ma'lumki, dushanba va seshanba kunlari «Barselona» futbolchilari mashg‘ulot o‘tkazmagan.

«Barselona»ning yaqinlashayotgan o‘yini 31 oktyabrda «Alaves»ga qarshi o‘z maydonida bo‘lib o‘tadi.