«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Real»ga qarshi o'z uyida 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, tarkibdagi muammolar haqida fikr bildirdi. «El Klasiko»da birinchi bo'lim davomida jarohat olib, Xavi Espar o'zgartirildi. Kataloniyaliklar o'yin uchun Andreas Kristensen, Dani Olmo, Erik Garciya va Jul Kunda kabi o'yinchilarni jarohatlari sababli ro'yxatga kiritmagan.
«Espar, Olmo va Erik Garciya to'qnashuvlar natijasida jarohat oldilar. Hozirda himoyada ko'p variantlarimiz yo'q, shuning uchun vaziyatni qandaydir tarzda hal qilishimizga to'g'ri kelmoqda. Ehtimol, akademiyadan ko'proq o'yinchilarni jalb qilishimiz kerak. Biz bu vaziyatni yengamiz. Umid qilamizki, Kristensen va Erik Garciya tez orada qaytishadi. Yaxshi yangiliklar bo'ladimi, ko'ramiz», - dedi Flik jurnalistlarga.
Keyingi La Liga turida «Barselona» «Alaves»ga qarshi o'ynaydi.
