«Barselona» «El klasiko»da muvaffaqiyatsizlikka uchradi – Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan so‘ng, nemis mutaxassisi jamoaning kelgusi rejalari haqida fikr bildirdi.
«Endi ko‘plab o‘yinchilar Londonga «Oltin to‘p» marosimiga borishadi, keyin esa qaytishadi. Seshanba kuni dam olamiz, chorshanba kuni esa yana ishga kirishamiz. Men jamoaning xalqaro o‘yinlar oldidan «La Liga»da ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishini xohlayman. Bu juda muhim», - dedi Flik matbuot anjumanida.
Xalqaro o‘yinlar oldidan «Barselona» «Alaves» (31-oktabr, La Liga), «Aston Villa» (3-noyabr, Chempionlar ligasi) va «Atletiko» (8-noyabr, La Liga) bilan o‘ynaydi.
