«Real»ning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Barselona»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonganidan so‘ng, turnir holati haqida gapirdi. «El klasiko»dagi muvaffaqiyat «oq-qoralar»ga kataloniyaliklardan olti ochko orqada bo‘lishdan uch ochkoga tushirish imkonini berdi.
Mourinyoning so‘zlariga ko‘ra, agar «Real» yutqizganida, to‘qqiz ochko orqada qolishi sababli jiddiy bosim ostida qolishi mumkin edi.
«Bugungi natija shunday bo‘lishi mumkin edi-ki, biz «Barselona»dan uch, olti yoki to‘qqiz ochko orqada qolardik. To‘qqiz ochko orqada qolish psixologik jihatdan og‘ir yuk bo‘lar edi. Olti ochko orqada qolish esa, ayniqsa ikkinchi davrada o‘tkaziladigan uy «el klasiko»ni hisobga olganda, muvozanatli holat. Ammo uch ochko orqada qolish butunlay boshqa hikoya. Albatta», - dedi Mourinyo jurnalistlarga.
«Real»ning navbatdagi o‘yini 1-noyabrda «Rasing»ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.
