«Barselona» himoyachisi Joao Kanselu «Real»ga qarshi uyda 1:2 hisobida mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi.

«Biz «Real»dan yaxshiroq edik. Bizda ko'proq gol imkoniyatlari bo'ldi, lekin bu «Real»... Ular uchun bir necha imkoniyatlar yetarli», - deydi Kanselu, bu so'zlarni The Touchline keltirgan.

«Barselona» Ispaniya chempionatida turnir jadvalida birinchi o'rinda turmoqda. Biroq, endi katalonlar uchun vaziyat unchalik ishonchli emas: «Atletiko» ikki ball ortda, «Real» esa uch ball ortda.

Keyingi La Liga turida «Barselona» «Alaves»ni qabul qiladi. O'yin «Kamp Nou»da oktyabr oyining oxirgi kechasi bo'lib o'tadi.