«Real»ning bosh murabbiyi Jozef Mourinyo matbuot anjumanida «Barselona» bilan taqqoslashlar haqida fikr bildirdi.

- Sizningcha, odamlar «Barselona»ni juda ko'p maqtamoqdalar va shu bilan birga «Real»ni qattiq tanqid qilmoqdalar? 

- Agar bir hafta oldin kimdir bizni mag'lubiyatga uchraydi deb o'ylagan bo'lsa, ehtimol, u hali ham shu fikrda. Odamlar «Barselona» haqida yaxshi fikrlar bildirayotganidan men hech qanday ta'sirlanmayman. Haqiqatdan ham, ular maqtovga loyiq, chunki ko'p yaxshi ishlar qilmoqdalar.

Biz haqimizda... bizni «to'liq shakllangan» narsa sifatida qabul qilishadi, lekin biz hali bunga juda uzoqmiz. Biz faqat uch oy ishlayapmiz, va oldingi mavsum tayyorgarlik davri o'yinchilar asta-sekin kelishi sharoitida o'tdi. Shunday qilib, biz hali «tayyor mahsulot» bo'lishdan juda uzoqmiz. Biz hali dastlabki bosqichdamiz, bu yerda murabbiy futbolchilarni tanishmoqda, vaziyatni tahlil qilmoqda va keyingi yo'lni belgilamoqda, o'yinchilar esa, o'z navbatida, murabbiylarini tanimoqdalar. Bizni bir necha yil birga o'ynayotgan jamoa bilan taqqoslash adolatli emas», - dedi Mourinyo.

«Barselona» va «Real» 25 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00da o'yin boshlaydi.