Yarimhimoyachi Dani Olmo «Barselona»dan yaqin kelajakda ketishni rejalashtirmayapti.

Ispan futbolchisi jamoasidagi holatidan mamnun va qishki transfer oynasida klubni o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rmayapti. Bu haqda jurnalist Floryan Plettenberg xabar bermoqda. Shu bilan birga, Olmo bilan bog‘langan Myunxenning Bavariya klubi hozirda uning xaridiga oid ish olib bormayapti.

Esingizda bo‘lsin, 20-oktabr kuni Olmo «PSJ»ga qarshi (2:4) o‘tkazilgan Chempionlar Ligasi uchrashuvida jarohat oldi. Tekshiruv natijasida chap sonning ichki mushagida jarohat aniqlangan. Tiklanish jarayoni taxminan bir oy davom etadi.