«PSJ» uzoq muddatga Xvicha Kvaratsxeliyani yo'qotdi – qanot o'yinchisi haftaning o'zida jiddiy tizza jarohati oldi va o'tkazilgan operatsiyadan keyin uzoq vaqt tiklanadi. The Touchline ma'lumotlariga ko'ra, Kvaratsxeliya jarohatidan so'ng «PSJ» yanvar oyida Xulian Alvarezni «Atletiko»dan sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Alvarezning asosiy pozitsiyasi – markaziy hujumchi, lekin argentinalik o'yinchi hujumning ikkita qanotida ham harakat qilish imkoniyatiga ega. Yozda Xulian «Barselona»ga o'tishni xohlagan, lekin «Atletiko» o'yinchini qo'yib yubormadi.

Muxtasar Transfermarkt portali 26 yoshli Xulian Alvarezni 110 million evroga baholamoqda.