Yarim himoyachi «Real» Arda Guler klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Mashhur jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, turk futbolchisi 2032 yilning o'rtalarigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi.
Romano ta'kidlaydiki, klub va futbolchi o'zaro kelishuvga sentyabr oyida erishgan. Endi bitim to'liq yopildi, hujjatlar imzolandi va rasmiylashtirildi. Tez orada «Real»dan rasmiy e'lon bo'ladi.
Arda Guler 2023 yil yozida «Real»ga «Fenerbahce»dan o'tdi. O'shandan beri yarim himoyachi 123 o'yin o'tkazdi va 21 gol hamda 30 golli uzatma qayd etdi.
