The Touchline sahifasida Lionel Messining «Barselona» haqida so'zlari keltirilgan. Avvalroq, argentinalik Ispaniyaga yetib borganligi haqida xabar berilgan.

«Mening uchun «Barselona» nima anglatadi? Juda ko'p go'zal narsalar bor, buni so'zlar bilan ifodalash qiyin. Men shahar va klubga alohida muhabbat his qilaman. «Barselona»da biz hamma narsani yutganimiz uchun omadli edik. Bu faqat erishilgan yutuqlar haqida emas, balki biz buni qanday amalga oshirdik, o'yin, g'alabalar va muvaffaqiyatlardan qanday zavq oldik. Eng muhimi, kundalik hayotning, mashg'ulotlarning va biz baham ko'rgan ajoyib lahzalarining tafsilotlaridan zavq olishdir», - dedi Messi.

Lionel Messi 2021-yil yozida «Barselona»ni tark etdi.