Madridning «Real» klubining hujumchi yarim himoyachisi Jude Bellingham klubdagi 150-o‘yini bilan bog‘liq fikrlarini bildirdi.
«Men juda baxtli va g‘ururlanaman. Bu klubda o‘ynash har doim yoqimli, umid qilamanki, bu yerda yana ko‘p yillar o‘tkazaman», — deya Bellinghamning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Bellingham 2023 yildan beri «Real»da o‘ynaydi. Shu vaqt ichida u 150 uchrashuvda maydonga tushib, 49 gol urdi va 36 golli uzatmaga mualliflik qildi.
Bellinghamning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha davom etadi. Biroq, yaqin kelajakda ingliz futbolchisi ispan klubi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
