Fransuz sobiq himoyachi Samyuel Yumtiti «Barselona»ning mashhur hujumchi uchligi — Lionel Mesi, Luis Suares va Neymar bilan o‘ynash haqida fikr bildirdi.

«Ular inoplanetyanlar kabi edilar, lekin ular nafaqat maydonda, balki tashqarida ham juda yaxshi muomala qilishardi. Agar ulardan ikkitasi gol urgan bo‘lsa, uchinchisi ham gol urishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishardi.

Mesi, Suares va Neymar bilan o‘ynash ajoyib edi. Odamlar ko‘pincha eng yaxshilar bilan o‘ynash qiyinligini aytishadi, lekin bu to‘g‘ri emas. Ular sizning ishlaringizni osonlashtiradi. Ular bilan o‘ynaganingizda yaxshilanib borasiz, chunki ular juda ajoyib», – deya Yumtitini iqtibos keltiradi Barca Universal.

Fransuz 2016 yildan 2023 yilgacha «ko‘k-qizil» jamoaga mansub bo‘lgan, 2025 yilda esa faoliyatini yakunlagan.