Milliy sport kengashi Ispaniya (CSD) «Real»ga nisbatan La Liga rahbari va Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) vitse-prezidenti Xavyer Tebasning bayonotlari bo'yicha tergov boshlashi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Esga olsak, Tebas «Real»ning klub televideniesida qilgan bayonotlarini Yozef Gebbels uslublari bilan taqqoslagan. U, shuningdek, bu taqqoslash propagandani tarqatish uslublariga tegishli ekanligini, lekin nasist ideologiyasi yoki Madrid klubining muxlislari bilan bog'liq emasligini ta'kidlagan.

Keyinchalik «Real» Tebasning bayonotlari sababli uning darhol iste'foga chiqishini talab qildi. La Liga rahbari esa, Madrid klubini «milliy chempionatni yo'q qilishga urinishda» aybladi.