Betis jamoasining bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Barselona» bilan bo'lib o'tadigan o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniya chempionati o'yini 17-oktabrda bo'lib o'tadi.

Jurnalistlar mutaxassisning Kataloniya jamoasi murabbiyi Hans-Diter Flik bilan o'xshashligi haqida so'z yuritganda, Pellegrini quyidagi fikrlarni bildirdi:

«Men Hansi Flik bilan shunchalik yaxshi tanish emasman, shuning uchun o'xshashmiz deb aytolmayman. Zamonaviy texnologiyalar, katta ma'lumotlar va boshqa narsalar haqida, barchamiz bu ma'lumotlarga kirish huquqiga egamiz. Asosiysi, uni to'g'ri ishlata bilishdir».

«Yuqaridagi darajadagi murabbiy bo'lish uchun ko'plab omillarni hisobga olish kerak, faqatgina o'yinchilarning maydondagi harakatlarini kuzatish kifoya emas. Barcha murabbiylar bunday ma'lumotlarga ega. Ular hal qiluvchi ahamiyatga ega emas, lekin muhimdir».

«Barselona» chempionatda 24 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, Betis esa 19 ochko bilan uchinchi o'rinda turibdi.