O‘tgan yillarda mashhur bo‘lgan gollandiyalik futbolchi Uesli Sneyder 2010 yildagi «Oltin to‘p» ovoz berish natijalari haqida fikr bildirdi. O‘sha yili mukofotni argentinalik hujumchi Lionel Messi qo‘lga kiritgan. Ko‘plab ekspertlar o‘sha yili mukofot Sneyderga berilishi kerak edi, deb hisoblaydi.
«Nima desalar ham, ekspertlar 2010 yilda Messi meni «o‘g‘irladi» deb aytishsa, menga farqi yo‘q. Menda hech qanday afsus yoki g‘azab yo‘q. O‘sha yillarda bu mukofotni Lionelga avtomatik berishardi», - deydi yarim himoyachi «RB Sport» sahifalarida.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Sneyder milanlik «Inter» safida treblni qo‘lga kiritgan va Niderlandiya terma jamoasi bilan jahon chempionati finaliga chiqgan.
