Gollandiya terma jamoasi va bir qator evropa top klublarining sobiq futbolchisi Uesli Sneyder bu yili «Oltin to'p»ni Madridning Real klubi hujumchisi Kilian Mbappe olishga loyiq deb hisoblaydi.

«Mavsum ajoyib o'tdi. La Ligada, Chempionlar ligasida va jahon chempionatida eng yaxshi to'purar bo'lishi buni tasdiqlaydi. U g'alaba qozonish uchun barcha asoslarga ega», - deb Sneyderning so'zlarini «RB Sport» etkazmoqda.

«Oltin to'p»ni topshirish marosimi 26-oktabr kuni Londonda (Angliya) bo'lib o'tadi. O'tgan yili ushbu nufuzli mukofotni fransuz qanot o'yinchisi Usmon Dembele qo'lga kiritgan edi.