«Real» joriy mavsumda birinchi mag‘lubiyatini shanba kuni qabul qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Madrid derbisida «Sivichlar» «Atletiko»ga 2:5 hisobida yutqazdi. O‘yindan so‘ng «Sivichlar» bosh murabbiyi Xabi Alonso fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu og‘ir mag‘lubiyat bo‘ldi, lekin bunday jarayonlar bo‘lishi tabiiy. Jamoa undan saboq oladi, yuz bergan voqealarni tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi.
Alonso o‘yinni unutmasliklarini ta’kidladi. Bugungi o‘yinda jamoa yetarlicha kurashmadi va «Real» darajasiga yetolmadi.
Ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘ynash kerak edi. Ular o‘z darajasida bo‘lmaganini, maydonda yetarlicha harakat qilmaganini, to‘pni ushlab qolishda qiynalganini aytdi.
Jamoada zarur tezlik yetishmadi. Bu mavsumdagi birinchi mag‘lubiyat ekanini tan olgan murabbiy, bu holat achinarli bo‘lsa-da, mavsum hali endi boshlandigini qayd etdi.
Ular xulosalar chiqarib, o‘z ustida ishlashlari zarurligini ta’kidladi. Keyingi o‘yinda «Real» 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasida safarda «Qayrat»ga qarshi maydonga tushadi.