«Barselona» himoyachisi Erik Garciya «Galatasaray» ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlashga ko‘p vaqt sarflamaslikka chaqirdi.
— Endi biz Betis bilan Ispaniya chempionatida uchrashamiz. Bu juda qiyin stadion, «Galatasaray»nikiga o‘xshash. Shundan so‘ng yana Chempionlar ligasida o‘yinimiz bor, — deydi Garciya Barca Universalga.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichining ikkinchi turida «Barselona» mehmonlikda «Galatasaray»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
20-oktabr kuni Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa Ispaniya La Ligasining to‘qqizinchi turida Betisga qarshi o‘ynaydi, 20-kun esa Parijga Chempionlar ligasining uchinchi turida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi jangga yo‘l oladi.
