«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumda barcha o'nta o'yinini g'alaba bilan yakunladi va 43 ta gol urdi. Kataloniyaning yarimhimoyachisi Fermin Lopes raqiblari haqida savolga javob berdi.
- Agar «Barselona»ning raqibi bo'lsangiz, nima qilardingiz? Duo qilardingizmi?
- Ha, men duo qilardim. Biz juda yuqori darajada o'ynayapmiz. Shu ruhda davom etishimiz kerak. Mavsum juda uzun va bo'shashmaslik kerak. Oldinda kuchli raqiblarga qarshi muhim va qiyin o'yinlar bor. Biz tayyormiz va maksimal darajada harakat qilamiz, - dedi Lopes Movistar'ga.
Keyingi terma jamoalar o'yinlari oldidan «Barselona» «Betis», «PSJ», «Real», «Alaves», «Aston Villa» va «Atletiko» bilan o'ynaydi.
