«Real» bosh murabbiyi Jozef Mourinyo «Negreyra ishi» haqida fikr bildirdi. «Barselona»ga nisbatan sudya texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga to'lovlar bilan bog'liq tergov olib borilmoqda.

«Agar hech narsa qilinmasa, bu jahon sudyoligida eng katta janjal bo'ladi», - deya Mourinyoning so'zlarini El Chiringuito TV keltirmoqda.

Oldinroq «Barselona» prezidenti Joan Laporta klub tomonidan hech qanday qonunbuzarlik bo'lmaganini ta'kidlagan edi. Kataloniyalik klub rahbari «Real»ni bu voqeani shishirib yuborishda ayblagan.

«Barselona»da esa, Negreyra uchun pul o'tkazmalari sudyolik uchun emas, balki sudyolik hisobotlari uchun amalga oshirilgani ta'kidlangan.