«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi jamoaning yangi o'yinchisi Entoni Gordon haqida fikrlarini bildirdi.

«U juda yaxshi. Men uni ko'p kuzatdim va diqqat bilan o'rgandim, chunki biz bu mavsumda unga qarshi o'ynadik. U juda universaldir, bo'sh joylardan yaxshi foydalanadi», — deydi Kubarsi Mundo Deportivo'ga.

«Barselona» 25 yoshli Gordonni yozgi transfer oynasida «Nyukasl»dan 80 million evro evaziga sotib oldi.

O'tgan klub mavsumida Gordon barcha musobaqalarda 46 o'yinda qatnashdi, 17 gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.