Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi, agar zarur bo'lsa, Lionel Messi'ni to'xtatishga tayyorligini bildirdi.
«Ba'zan o'zimni Messi'ga qarshi o'ynayotganimni tasavvur qilaman, garchi u bolaligimdan idolim. Lekin men hech qachon uni jonli ko'rish imkoniyatiga ega bo'lmadim - na hayotda, na maydonda. Men u bilan bir jamoada o'ynashni afzal ko'rardim, lekin agar qarshi o'ynashimga to'g'ri kelsa - uni to'xtatish uchun qo'limdan kelganini qilishga harakat qilaman», - deydi Kubarsi derbyderbyderby.it saytida.
Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2004 yildan 2021 yilgacha Kataloniyaning «Barselona» klubida o'ynagan.




