«Barselona» skaut bo‘limining rahbari Joau Amaral jamoaning hujumchisi Hamza Abdekarim haqida fikr bildirdi.
Kataloniyalik klub o‘tgan yozda Misrning «Al-Ahli» klubidan Abdekarimni sotib oldi. Avvalroq hujumchi «ko‘k-qizillar»ning ikkinchi jamoasida yarim yil davomida ijarada o‘ynagan.
«Hamza – bu to‘pni to‘g‘ri yo‘nalishda olib boradigan ‘to‘qqiz’. La Masia odatda bunday hujumchilarni tayyorlamaydi. U o‘z vaqtida keldi, sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va arzon narxda foydali xaridga aylandi», – deydi Amaral Barca Buzz nashriga.
Hamza Abdekarim hozircha «Barselona»ning asosiy jamoasida faqat ikki marta o‘ynagan. 1 yanvarda yosh yulduz 19 yoshga to‘ladi.
