Mashhur jurnalist Kristobal Soriya, Madridning Real klubida, Lionel Mesi «el klasiko»dagi qahramonliklarini uzoq vaqt davomida unutolmasliklarini ta'kidlaydi.

Afsonaviy argentinalik futbolchi karerasining ko'p qismini Barselonada o'tkazdi. 2021 yilda hujumchi erkin agent sifatida PSJga o'tdi.

«Hatto 50 yildan keyin ham Real muxlislaridan hech biri Mesi o'z jamoasini ming marta qanday haqoratlaganini unuta olmaydi. Uning ismi har safar tilga olinganda, bu ularga tomoqda qolgan non parchasi kabi. Agar Mesi «Zolotiy to'p»ni qo'lga kiritish uchun biror imkoniyatga ega bo'lsa, shifoxonalar nerv bosimi va panika hujumlaridan azob chekayotgan odamlar bilan to'ladi», – deya DSports efirida Soriya fikr bildirdi.

Lionel Mesi «Real»ga qarshi 47 o'yinda 26 gol urdi va 14 golli uzatma berdi.