Ispaniya terma jamoasi va kataloniyalik «Barselona» hujumchisi Ferran Torres fransuz «PSJ»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga qisqacha izoh berdi.

«PSJ? Men bu haqida hech narsa bilmayman. Mish-mishlarga e'tibor bermayman», - deydi hujumchi Sport.es saytiga bergan intervyusida.

Ispan futbolchisining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 50 million evro deb baholangan. Ferran va «sine-granata» jamoasi o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida tugaydi.

O'tgan mavsumda Torres kataloniyaliklar safida 49 o'yin o'tkazib, 21 gol urdi va uch assist berdi.