Ispaniyaning «Jirona» va Ukraina terma jamoasining yarimhimoyachisi Viktor Tsigankov Turkiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bu haqda «Trabzonspor» prezidenti Ertugrul Dog'an ma'lum qildi.
Alanya Postasi xabariga ko'ra, turk klubining murabbiylar shtabi ukrainalik futbolchining xizmatlaridan manfaatdor. Tomonlar yozgi transfer bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
«Agar bu o'tish amalga oshmasa, B rejamizni qo'llaymiz», - dedi klub prezidenti.
Tsigankov «Jirona»da 2023 yil yanvaridan beri to'p surmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yil iyunigacha davom etadi, uning bozor qiymati - 15 million evro.




