«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning chiqishlari haqida fikr bildirdi.

«Biz futbol va klubdan zavq olamiz, bizni butun dunyoda tan olishadi. Bizning jamoamizda to'qqiz nafar jahon chempioni bor, bizda o'ziga oshiq qiladigan jamoa mavjud, o'yinchilarimiz boshqalarga namuna bo'ladi, biz har tomondan maqtovlar olamiz… Madridda buni kamaytirishga harakat qilmoqdalar», - deya Laporta so'zlarini keltiradi «Gazeta.Ru» Mundo Deportivo'ga tayanib.

Shuningdek, Laporta «Real»ni «Negreyra ishi» doirasida olib borilayotgan tergovdagi harakatlari uchun tanqid qildi.

«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumda o‘tgan sakkizta o‘yinda g‘alaba qozondi.